Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos o'zining karantin davridagi jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
"Odatdagi sport formamdan ko'ra, hozir yaxshiman. Agar har uch kunday o'ynaydigan bo'lsak, u holda ishlashga vaqt bo'lmaydi, faqat dam olish kerak bo'ladi. Men yanada kuchliroq bo'ldim. Hozir tunel oxiridagi yoruqlikni ko'ryapmiz. Men yana o'ynashni, La Liga va EChLda tezroq maydonga tushishni kutyapman. Mavsumni sovrin bilan yakunlash ishtiyoqida yonyapman, biroq, hozir hukumatning qarorini kutishimiz kerak, - himoyachining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.