Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

UEFA va koronavirus kurashi

.
- Yuklab olish

UEFA qanday qilib bo'lsada chempionatlarni davom ettirish tarafdori. Kerak bo'lsa, pley-offdan foydalanishga ham tayyor.

Evropadagi barcha chempionatlar davom ettirilishi talab etilmoqda. Faqat imkonsiz vaziyatlardagina mamlakatlat futbol federatsiyalariga futbol chempionatlarini muddatidan avval tugatishga ruxsat beriladi.

Aslida barchasini odatiy holda yakunlash mumkin. Agar buning iloji bo'lmasa, vaziyatdan chiqib ketishning turli uslublari mavjud. Guruh bahslaridagi uchrashuvlardan tortib, bir stadionda bo'lib o'tadigan o'yinlarga qadar hammasi vaziyatdan chiqib ketish imkoni mavjud. UEFA mavsumni yakunlab qo'yish uchun har qanday yo'lni tanlashga ruxsat beradi. Har bir liga o'zi uchun qulay bo'lgan variantlardan birini tanlashiga to'g'ri keladi.

Agar mavsumni yakunlashningiloji bo'lmasa-chi?

Avvalroq UEFA kelasi mavsumdagi evrokuboko'yinlaridagi o'rinlaridan mahrum qilish bilan qo'rqitayotgan bo'lsa, endi vaziyat ancha yumshadi. Bunga ayrim davlatlarda butunlay barcha sport musobaqalari to'xtatilgani sabab bo'lmoqda, desak adashmagan bo'lamiz.

UEFA mavsumni erta yakunlashni istagan federatsiyalardan, barchasini sport printsiplariga mos va shaffof tarzda o'tkazishni talab qilmoqda. Unga ko'ra, har bir liga o'zi uchun qulay va foydali bo'lmagan uslubda mavsumni yakunlashi shart. Bundan tashqari, futbol federatsiyalari o'z mamlakatidagi barcha klublarning roziligi bilangina bu ishga qo'l urishi mumkin. Chempionni aniqlash tamoyillari ham zamonaviy futbolga xos va mos bo'lishi talab etiladi.

Ispaniyada adolatsizlik?

Ispaniyada “Real Sosedad” va “Xetafe” jamoalari bunday qarordan aziyat chekishlari aniq. Ular 46 ochkodan jamg'arishga, biroq EChL va Evropa ligasi musobaqalaridan chetda qolishmoqda. La Liga reglamentiga ko'ra, ochkolar teng kelgan chog'da, o'zaro uchrashuvlardagi natija va o'zaro o'yindagi gollar farqiga e'tibor qaratiladi. Xo'sh, bu klublar atigi bir bor to'qnash kelganini inobatga olsak, ustunlik qaysi tomonda? Agar gollar soni birinchi o'ringa ko'tarilsa, “Real Sosedad” yuqoriroqqa ko'tarilishi mumkin. Agar o'zaro uchrashuvlarga e'tibor qaratilsa, o'z-o'zidan “Xetafe” raqibini mehmonda (2:1) engsa-da undan pastroq turishiga to'g'ri keladi. Soddaroq qilib aytganda, musobaqa jadvali qanday ko'rinishda bo'lsa, ana shunday mavsumni yakunlash nohaqlikdan boshqa narsa emas.

Agarda, musobaqa jadvalidagi o'rinlarga ko'ra, Evrokuboklar masalasi hal etilsa, kelasi mavsumda EChL va Evropa ligasida quyidagi jamoalar ishtirok etadi.

EChL guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oluvchi klublar: «Liverpul», «Manchester Siti» («Manchester Yunayted» –  uning o'rnini egallashi mumkin), «Lester», «Chelsi», «Barselona», «Real», «Sevilya», «Real Sosedad», «Yuventus», «Latsio», «Inter», «Atalanta», «Bavariya», «Borussiya» D, «RB Leyptsig», «Borussiya» M, «PSJ», «Marsel», «Zenit», «Lokomotiv», «Portu», «Bryugge», «Shaxter», «Trabzonspor»

Musobaqani saralash bosqichiorqali boshlovchi klublar: «Benfika», «Ayaks», AZ, «Renn», «Krasnodar», «Olimpiakos», LASK, «Zaltsburg», «Zarya», «Slaviya».

Evropa ligasida aniq ishtirok etuvchi klublar: «Manchester Yunayted»*, «Xetafe», «Atletiko» (2-saralash bosqichi), «Roma», «Napoli», «Bayer», «Shalke» (2-saralash bosqichi), «Lill», «Rostov», TsSKA, «Braga», «Sporting».

Alternativ variantlar bormi?

Aslida barchasini oson yo'l bilan hal etish mumkin, biroq bunday echimga hech kim rozi bo'lmasligi aniq. Kolumbiya univesiteti professori Jyulen Gayon barcha futbol olamiga mavsumni matematik yo'l orqali hech qanday uchrashuvlarni o'tkazmay turib ham yakunlash yo'lini ko'rsatib berdi. Unga ko'ra, professor jamoalarning mehmondagi va uydagi g'alabalar sonidan kelib chiqqan xolda, g'alaba qozonish koeffitsientini taklif etadi. Unga ko'ra, “Liverpul” va “Byornli” o'rtasidagi uchrashuvda “qizillar”ning qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan ochkolari soni 2,73 ochkoni tashkil etsa, “Byornli” 0,27 ochkoni qo'lga kiritishi mumkin. Bunday hisob-kitob orqali APL uchrashuvlarini hisoblab chiqqan professorning aytishicha, “Liverpul” yakunda 106 ochko bilan chemionlikni qo'lga kiritishi mumkin ekan. Soddaroq qilib aytganda, jamoalarning egallagan o'rni va jamg'argan ochkolaridan kelib chiqib maxsus formula yordamida barchasini qisqa fursatda hisoblab chiqish mumkin.

Nima uchun UEFA universal echim taqdim etmadi?

UEFA o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega ozod tashkilot sanaladi. Boz ustiga, u istalgan xohishini qarorga aylantirishi mumkin. Shunga qaramay, pandemiya paytida barchadan kelib chiqib qaror qabul qilishga to'g'ri keladi. Misol uchun,Germaniya karantin qoidalarini yumshatishda davom etmoqda. Gollandiya va Frantsiya esa, aksinchamavsumni muddatidan avval yakunlashga qaror qabul qilib bo'lishdi.

UEFA sababli tavakkal qilishning hojati bormi?

Agar vaziyat chigallashishda davom etsa, musobaqalarni davom ettirishdan hech qanday naf yo'q. Yaxshisi virusningkamayishini kutish kerak.

Shunga qaramay, koronavirus barcha jabhalar singari futbolga ham moliyaviy zarba berdi. Futbol uchrashuvlari yo'q ekan, pul yo'q bo'lishini barcha anglab bo'ldi.

Agar mavsum shu nuqtada to'xtatilsa, klublar yillik daromadining 35 foizini yo'qotishlariga to'g'ri keladi. Misol uchun APL “BTSport” va “SkySports” ga 762 million funtni qaytarishiga to'g'ri keladi. Taniqli auditorlik korxonalari bergan xabarlarga qaraganda, top-5 chempionatlari mavsum davom ettirilmasa, jami 4 milliard evro yo'qotishini rasman e'lon qildi.

Boz ustiga, klublar vaziyat chigallashganiga qaramay, o'z futbolchilariga maosh berishda davom etishlari shart. Undan tashqari, klubda personal hizmat qilayotgan 500-2000 insonga ham maosh berish kerak.

Agar mavsum davom etirilsa ham bo'sh tribularda guvohligida bo'lib o'tadi. Qaysidir ma'noda bu to'g'ri qaror. Har bir uchrashuvda 200-300 kishini virus yuqtirishga sabab bo'lishdan hech qanday manfaat yo'q.

Shunga qaramay, klublar uchun mavsumni davom ettirish muhim. Ular shu yo'sinda, teletranslyatsiya ortidan va turli homiylar tomonidan taqdim etiluvchi pullarni qo'lga kiritishlari mumkin. Bu daromadlarsiz ko'plab klublar bankrot bo'lishi turgan gap.

BestMaster
30 Aprel 2020, 00:30
koronavirus, kurashi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads