ABC in Seville portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini ijara asosida "Sevilya" klubida o'tkazayotgan Serxio Regilon Londonga yo'l olishi mumkin.
Regilonga Londonning "Arsenal" hamda "Tottenxem" klublari qiziqish bildirishmoqda. Ikki klub ham chap qanot himoyachisiga muhtojlikni sezishmoqda. Shu sababli, London klublari Ferlan Mendining iqtidoriga ishonib, Regilonga ishonch bildirmayotgan Madridning "Real" klubi bilan muzokara olib borishni rejalashtirishmoqda.