Londonning "Arsenal" klubi o'zining gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyangni 34 million evroga sotishga tayyor, deya xabar tarqatmoqda The Sun nashri.
Manbaning yozishiga qaraganda, futbolchi klub bilan shartnoma imzolashdan bosh tortganidan keyin, rahbariyat uni sotib yuborishga qaror qildi. Gabonlik hujumchi va "Arsenal" o'rtasida tuzilgan shartnoma 2021 yilning yozida o'z yakuniga etadi.
Obameyangga "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Inter", "Barselona" va "Real" klublari qiziqish bildirishmoqda.