Ispaniyalik hujumchining taqdiri umuman boshqacha bo'lishi mumkin edi.
Kataloniyaning «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi 2010 yili «Real» klubiga o'tishga juda yaqin kelganini so'zlab berdi.
«Haqiqatdan ham, 2010 yili "Barselona"ga emas, balki, "Real"ga o'tishga yaqin kelganman. Ammo, bu sodir bo'lmadi. Menga La Liga va Premer-liganing ko'plab klublaridan takliflar bor edi, lekin men «Valensiya» klubiga tegishli edim.
Men qachonki klub xohlagandagina ketishim mumkinligini aytganman. Ammo, klubning ham, futbolchining ham istagi bo'lishi kerak. Boshqa shartlar yo'q edi», – dedi Vilya DJMaRiiO kanaliga bergan intervyusida.