Besoccer portali ProFootballDB bilan hamkorlikda XXI asrning eng kuchli futbolchilari ro'yxatini tuzib chiqdi.
Ro'yxatni tuzishda ELO tizimidan foydalanilgan bo'lib, undi futbolchining kiritgan gollari soni, golli paslari va raqibning saviyasi hamda ishtirok etgan musobaqalari orqali aniqlangan.
Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Lionel Messi 100 imkoniyatdan 100 ball to'plab, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Portugaliya futbolchi ham 100 ball to'pladi, biroq, Messi statistika nuqta'yi nazarda undan oldinda. Uchinchi o'rin esa "Arsenal" hamda "Barselona" klublari sobiq hujumchi Terri Anriga (98) nasib etdi.
Qayd etish kerakki, top-40 ro'yxatiga Zinedin Zidan, Xavi (90), Andres Inesta (87), Kaka (91)lar kiritilmadi.
XXI asrning eng kuchli 15 nafar futbolchilari bilan tanishing:
1. Lionel Messi (100);
2. Krishtianu Ronaldu (100);
3. Terri Anri (98);
4. Luis Suares (97);
5. Zlatan Ibragimovich (97);
6. Xarri Keyn (97);
7. Moxamed Salax (97);
8. Neymar (96);
9. Robert Levandovski (96);
10. Radamel Falkao (95);
11. Samyuel Eto’O (95);
12. Ronaldino (95);
13. Rivaldo (95);
14. Kristian Eriksen (95);
15. Raul (95).