"Manchester Yunayted" "Valyadolid" himoyachisi Muhammed Salisuga qiziqib qoldi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, himoyachining transfer narxi 10 million funtga baholanmoqda. Uning xizmatiga shuningdek, "Real" va "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Salisu joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.