"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan yangi shartnoma imzoladi, deb yozmoqda Sport.es. Hozircha necha yilga shartnomani uzaytirishgani ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga "Real" va "Barselona" klublari qiziqayotgan edi, biroq gabonlik hujumchi "kanonirlar" safida qolishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Obameyang 26ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.