Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) birinchi bo'lib hisobni ochganidan so'ng, eng ko'p g'alabalarni qo'lga kiritgan klublar reytingini e'lon qildi.
Ushbu reytingda o'z mamlakatlarining yuqori ligasida o'ynayotgan klublarning 2015 yil 1 yanvarida 2019 yilning 31 dekabrigacha bo'lgan muddatda qayd natijalari inobatga olingan.
O'zbekistoning "Paxtakor" klubi "Qorabog'" (Ozarboyjon) va "Al-Ahli" (Misr) jamoalari bilan birga jadvalda 12-14-o'rinlarni band etdi. Bu jamoalar birinchi gol urgan o'yinlarning 91,2 foizida g'alaba qozonishgan. Mamlakatimizning yana bir klubi — "Lokomotiv" 90,2% natija bilan 18-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, "Nasaf" so'nggi 4 yilda birinchi gol urgan o'yinlarning 86,4 foizida g'alaba qozongan.
Reytingda dastlabki 3ta o'rinni Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" (96.3%), Moldovaning "Sherif" (94,1%) va Singapurning "Albireks Niigata" (93,3%) klublari egallashdi.
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida ushbu ko'rsatkich bo'yicha etakchilik "PSJ" (89,9%)ga tegishli. Keyingi pog'onani «Barselona» (88,5%) va «Manchester Siti» (87,1%) klublari band etishgan. "Yuventus" (86,3%) va "Bavariya" (85,6%) jamoalari esa kuchli beshlikka kirishdi. "Real" oltinchi o'rinda — 85,2%.
Umumiy reyting (top-20)
Evropaning top-5 chempionatlari klublari reytingi (top-10):