Ispaniya chempionati 2021 yilning yanvar oyiga qadar muxlislarsiz o'tkaziladigan bo'lsa, klublar qancha miqdorda zarar ko'rishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, La liga klublari umumiy miqdorda 1,6 milliard evrodan mahrum bo'lishadi. Bunga yo'qotiladigan homiylik to'lovlarini ham qo'shsak, zarar 1,9 milliard dollarga teng bo'ladi.
«Barselona» va «Real» klublarining birgalikda 300-400 million evro yo'qotishi mumkin. Faqatgina chiptalar savdosi orqali ko'radigan zarar har bir klubga 50 million evroga tushadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq La liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionati shu yilning oxirigacha tomoshabinlarsiz o'tkazilishi mumkinligini aytib o'tgan edi.