Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Hindu"

28 aprel o'tmishning yorqin posbonlari Dino Zoff va Dzenga bilan, bugunning sifatli o'yinchisi Xuan Mata bilan eslanishi ham mumkin edi.

.
- Yuklab olish

28 aprel o'tmishning yorqin posbonlari Dino Zoff va Dzenga bilan, bugunning sifatli o'yinchisi Xuan Mata bilan eslanishi ham mumkin edi. Ammo ularning qarshisiga bir siymo chiqib qoldiki, hozir ana shu mutaxassisga ko'proq to'xtalishimizni hisobga olib, moziy yulduzlari va bugunning etakchisini chetga surib turishga majburmiz. Bu – "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeonedir.

Yosh avlod Simeoneni murabbiy sifatida taniydi. Lekin klassik matchlarda "A" Seriya o'yinlari namoyish etilganida, Latsio tarkibida markazda o'ynagan futbolchini tanish qiyinmasdi. Diego boshqa janubiy amerikalik futbolchilar singari yoshligidan futbolga oshino bo'lgan, otasi futbolchi bo'lolmaganidan unga e'tibor qaratgan, maktabni-da maydonga almashtirgan bolakay bo'lgan. Yoshligidan uni El Cholo deb atashardi. Hindu degan ma'noni bildiradi. Gap Simeonening tashqi ko'rinishida emasdi, axir, uning ota-bobosining qoni hindularga borib taqaladi, gap o'yinida edi. Bolaligidanoq u to'p uchun kurashda tajovuzkorligi bilan ajralib turardi. Hech qanday to'qnashuvdan, kurashlardan qo'rqmasdi. “Veles” klubidagi birinchi murabbiyi Spinetti eslaydi: “Diegoning yoshligi bugunidan farq qilmaydi, xuddi shunaqa o'ynardi. O'zgarmagan.”

Shu bois qahramonimiz futbolchilik paytida yutgan sovrinlari, urgan gollaridan ko'ra agressivligi va... simulyatsiya ishlatib Bekhemga olib bergan qizil kartochkasi bilan eslanadi. Frantsiyada o'tgan mundial, nimchorak final, eng zo'r juftlik – Argentina va Angliya, yoshgina Maykl Ouenning yorqin reydi va markazda Simeone yo'q joyda Devid Bekhem unga nisbatan qo'pollik ishlatgandek manzara hosil qilib, inglizlarning etakchisiga alamli kartochka taqdim etadi. Bekhem uchun bu o'sha paytlar fojia edi. Chunki aynan uning maydonda yo'qligi sabab Argentina muvozanatni o'zi tomonga og'dirdi, kuchi etmayotgan raqibini sindira oldi. Vaholanki, o'sha yilgi futbol vatani vakillari chempionlik xarakterini ko'rsatayotgan yurt edi. Tarkib juda kuchli edi.

Diego Simeonening yaxshi tomoni, mana shu vaziyatlarni andavalab o'tirmaydi, deylik, vatandoshi, adashi bo'lgan daho futbolchi singari: bu mening qo'limmas, hokazo, hokazo, deb. Balki rostini aytadi: “Biz Bekhem bilan to'qnashib ketdik va birga yiqildik. Endi turayotganimda, meni ozgina turtib yubordi va men bu imkoniyatdan foydalandim. O'ylashimcha, mening o'rnimda hamma shu ishni qilardi!”

Ha, aynan mana shu masalada men Simeonega qoyil qolaman. Murabbiyligida ham bor vaziyatni aytadi. Krishtianu Ronaldu bilan xunuk harakatlar hodisasida: “U meni eslab qolgan va alamini oldi”, degandi. Yaqinda Ispaniya superkubogi finalida Madrid derbisining so'nggi soniyalarida urugvaylik Valverde Moratani to'xtatib qolganiga qanday izoh berganini bilasiz: “Men o'zim Fedening oldiga bordim va to'g'ri qilganini aytdim. Boshqa futbolchi ham shu ishni qilardi. Sen bugun qahramonsan!”

O'g'lini ham o'z jamoalarida o'ynatmaydi. O'zi harakat qilsin, otasining nomi sudramasin, deydi.

Ha, balki kimgadir uning futbolchiligidagi harakatlari yoqmas, murabbiyligidagi uslubi ma'qul kelmas, ammo u o'zining futbolda mavjudligini, istalgan raqib bilan tengma teng kurasha olishini isbotlab kelmoqda. Maoshi ham shuning uchun hammadan ko'proq. Pul beruvchilar odatda ahmoq bo'lishmaydi, kimga va qay mehnatlari uchun berishayotganini bilishadi. Boshqa izohning hojati bo'lmasa kerak. Darvoqe, Diego bugun ellik yoshni nishonlaydi. Unga eng yaxshi sovg'ani jamoasi yaqinda Enfildda taqdim etib bo'ldi. O'yindan so'ng ispaniyalik jurnalistlar bu uchrashuvga zo'r ta'rif berishdi, shu gap bilan Simeone haqidagi lavhani yopaman: “Klopp va Simeone jamoalari shaxsan murabbiy jamoalari hisoblanadi. Maydonda har bir "Atletiko" vakili Simeonega aylanadi, "Liverpul" futbolchisi Kloppga. Bugun Madrid engganining sababi, maydonda o'n bitta Simeone o'n bitta Kloppga qarshi o'ynadi. Ikkisining futbolchiligini ko'rgansiz, shu holat bilan baholangchi, Kloppning kuchi Diegoga etarmidi?”

BestMaster
28 Aprel 2020, 09:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, hindu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads