Italiyalik mutaxassis argentinalik hujumchiga ishonmayapti.
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni «Barselona» klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
«Uning o'rnida bo'lganimdan «Inter»da qolgan bo'lardim. U «Barselona»ga o'tsa, zahira o'yinchisiga aylanadi», – Kapelloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com portali.