Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello koronavirus Ispaniya klublariga qanday salbiy ta'sir qilishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Mening fikrimcha, koronavirus sababli Ispaniyada faqatgina "Real" klubigina iqtisodiy jihatdan zarar ko'rmaydi. «Barselona» va «Atletiko»larga juda qiyin bo'ladi. Transfer bozorida inqilob yuzaga keladi. So'nggi paytlarda be'mani summalar rol o'ynadi. Endi munosib darajaga qaytyapmiz. Tizimni yaxshilash uchun aqlli menejerlar kerak. Xudbinlik halokatga olib kelishi mumkin, — Kapelloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Gazzetta dello Sport.