Mikel Arteta Londonning "Arsenal" klubiga o'tib ketganidan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'ziga yangi yordamchi qidirmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, "Liverpul", "Real Madrid" va "Bavariya"dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Xabi Alonso "shaharliklar" ustozining o'ng qo'liga aylanishi mumkin.
Bundan tashqari, "Manchester Siti" akademiyasi rahbari Rodolfo Borell va ispaniyalik mutaxassisga "Barselona" va "Bavariya"da yordam bergan Domenek Torren Gvardiolaga yordamchilikka nomzodlar safidan o'rin olishdi. Ammo Xabi Alonso ushbu lavozimga eng asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Pepning shaxsan o'zi u bilan gaplashdi.
Alonso "Bavariya" tarkibida Gvardiola qo'lostida o'ynagan. Xabi 2 yil avval "Real" tarkibida murabbiylik faoliyatini boshladi. U dastlab "Real" U-13da murabbiylik qilgan bo'lsa, hozirda Segunda V ligasida ishtirok etayotgan "Real Sosedad"ning o'rinbosarlar jamoasini boshqarmoqda.