Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Fernando Morentes Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Kuchli terma jamoalardan kelib tushgan taklifni qanday qilib rad qilishim mumkin? Albatta, bu mening muhim maqsadim bo'ladi. Avvaliga Meksika futboli bilan tanishish uchun mahalliy biror bir klubni boshqarishni xohlayman. Agar barchasi yaxshi bo'lsa, sharaf bilan Meksika terma jamoasini qabul qilgan bo'lardim", - Morentesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Record.