PSJ Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon bilan shartnoma imzolamoqchi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, parijliklar 23 yoshli futbolchini yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Levan Kurzavaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ma'lumot uchun, Regilon joriy mavsumni "Sevilya"da ijarada o'tkazmoqda. PSJga uni klub sport direktori Leonardo taklif qilmoqchi. U Serxioga asosiy tarkibdan joy kafolatlayapti.
Eslatib o'tamiz,Regilon 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.