Madridning "Real" klubi himoyachi Rafael Varan bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. "Real" futbolchi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi. Futbolchi esa yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Varanda faoliyatini APLda davom ettirish varinati bor. Uning xizmatiga "Manchester Siti" klubi jiddiy qiziqib qolgan.