Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini "A" Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda Italiyaning ikki jamoasi etakchilik qilmoqda. "Inter" va "Milan" xorvatiyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Modrichning "Real" bilan shartnomasi 2021 yil iyun oyida nihoyasiga etadi. Uning transfer narxi 12 million evroga baholamnoqda.