Madridning “Real” klubi ukrainalik darvozabon Andrey Luninni keyingi mavsumda ikkinchi posbonga aylantirmoqchi. Bu haqda AS nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” moliyaviy inqiroz sababli shu qarorga kelgan. “Real” pandemiya tufayli yuzaga kelishi kutilayotgan inqirozga tayyorlanmoqda va shu sababli oylik maoshlarini kamaytirish istagida. Luninning “qirollik klubi”ga qaytishi ikkinchi posbonning maoshini qisqartirilishiga yordam beradi.
Ma'lumot uchun, hozirda “Real”ning ikkinchi posboni Areolya hisoblanadi. U yiliga 2,7 million evro maosh oladi. Frantsilyaik darvozabon mavsum so'nggida PSJga qaytadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Lunin joriy mavsumni “Ovedo” safida ijarada o'tkazmoqda.