"Marca" xabariga ko'ra, u Alfons Areolyaning o'rnini egallashiga asosiy sabab - maosh. Lunin qaytganidan keyin "Real" ikkinchi darvozabon uchun kamroq maosh to'laydigan bo'ladi.
Areolyaning maoshi yiliga 2,7 mln evroni tashkil qiladi. Lunin esa undan ikki baravar (yiliga 1,35 mln evro) kam maosh oladi.
"Real" tarkibida ijarada o'ynayotgan Areolya ushbu mavsumdan keyin PSJga qaytadi. Klubda uning 2023 yilga qadar shartnomasi bor. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham uning ketishi tarafdori bo'lmoqda.
Lunin esa ayni damda "Ovedo" tarkibida ijarada o'ynamoqda.