“Mening eng katta xatoim – “Inter”ga o'tganim. Men asosiy etiborni himoyaga qaratadigan jamoaga kelib qo'shilgandim. Menga u erda boshqacha munosabatda bo'lishardi, chunki men ular uchun begona edim. SHu va boshqa jihatlar tufayli jamoaga moslasha olmagandim.
Ammo bu mening xatoim edi. Vaholanki o'shanda men “Real”, “Barselona” yoki “Manchester Yunayted”ga ham o'tishim mumkin edi. Bu jamoalar meni kuzatib turishgandi”, deya sobiq futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Panchev 1995 yilga qadar “Inter”da to'p tepgan. Oradan ikki mavsum o'tib, futbolchi faoliyatini yakunlagan. Ko'k-qoralar safida u 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta golga mualliflik qilgan.