“Napoli” klubi “Real Madrid” hujumchisi Luka Yovich bilan shartnoma imzolamoqchi. Luka neapolliklarning yozgi transfer oynasida asosiy maqsadiga aylanadi. Bu haqda Tuttosport nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar serbiyalik hujumchini sotish haqida o'ylamoqda. Yovich nepolliklar safida oldingi darajasiga qaytishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, “Napoli” zaxira varianti sifatida “Zenit”ning eronlik hujumchisi Serdar Azmunni ko'rmoqda