«Real» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandni yozgi transfer paytida qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechdi.
"Daily Mail" tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar haqiqatan ham 19 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishgan edi, ammo uning agenti Mino Rayola qo'ygan talablar "Qirollik klubi" rahbariyatiga yoqmadi. Shu bois, jamoa Xoland transferini amalga oshirmaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, norvegiyalik futbolchining tovon puli 75 million evroga teng. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.