“Inter” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Lautaro Martinesga o'rinbosar topib qo'ydi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, “neradzurrilar” Martines o'rniga “Gent” hujumchisi Jonatan Devidni olib keladi. Futbolchining transfer narxi 22,5 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Martines xizmatiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qolaversa, agar kataloniyaliklar Lautaroni xarid qilolmasa, uning o'rniga Devidni olib kelishni rejalashtirayotgan edi.