Madridning “Real” jamoasi 20-asrning eng yaxshi jamoasi deb tan olindi. Ayni damda, ham “Real” zamonamizning eng kuchli klublardan biri bo'lib turibdi. Bugun “qirollik klubi”ni buyuk klubga aylanishiga turtki bo'lgan 10 ta voqeya haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Ancha ilgari tuzilgan klub
1902-yilning 6-mart sanasida Madridda “Real” jamoasiga asos solingan. Jamoa asoschilaridan biri Xuan Padrosa 1912-yilga qadar Madridning turli stadionlarida jamoaning o'yinlar o'tkazishini ta'minlagani e'tiborga molik. Klub 1912-yilda uy uchrashuvini o'tkazish uchun O’Donnel stadionini qurib bitirgach, to'laqonli uy stadioniga ega bo'ldi.
“Real”ning “qirollik klubi”ga aylanishi uchun Alfonso IIIqo'shgan hissasi ulgan. Shaxsan qirolning o'zi 1924-yilda “Chamartin” stadioni bunyod etgach, klubning o'sishi jadallashib ketdi.
Prezident Santyago Bernabeu
Santyago avvaliga futbolchi bo'lgan bo'lsa-da, klub prezidentligiga ko'tarilgachgina jamoa tarixiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Aynan Bernabeu boshqaruvi ostida klub orzularining barchasini ushalishiga muvaffaq bo'ldi.
Sobiq futbolchi nafaqat jamoasi uchun, balki Evropadagi musobaqalarni rivojlantirish borasida ham katta ish olib borgani tahsinga sazovor. Aynan uning tashabbusi bilan Evropa chempionlar kubogi paydo bo'ldi. “Real” esa, uning qo'l ostida ushbu musobaqaning ilk beshtasida g'olib chiqishni uddalagach, butun Evropada mashhurlikka erishdi.
Aynan u klub tarixidagi eng mashhur futbolchilarni (Alfredo di Stefano, Pako Xento, Pushkash) Madridga olib kelishda katta hissa qo'shgan.
Qahramonimiz davrida klub umumiy hisobda 30 ta sovrinni boshi uzra ko'tarishni uddalagan. 1978-yilda Santyago Bernabeu olamdan ko'z yumgach, klub uy stadioni afsonaviy prezident nomini oldi.
Di Stefano transferi
1952-yilda Santyago Bernabeu jamoaning 50 yillik to'yini nishonlash maqsadida Madridga Kolumbiya chempionati vakili “Milioneres” jamoasi taklif etadi. Klub safida ajoyib o'yin ko'rsatgan Alfredo Di Stefano “Real Madrid” murabbiylarini qiziqtirib qo'yadi.
Eng qizig'i shundaki, Di Stefano Ispaniyaga qaytib kelgach, “Barselona” bilan shartnoma imzolashi kerak edi. Taqdirning taqozosi bilan, hujumchi “Real” bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi. Aynan ushbu transfer “qirollik klubi”ning 20-asrdagi eng kuchli jamoasiga aylanishiga sabab bo'ldi.
Ilk 6ta sovrin
Evropa chempionlar kubogi tashkil etilgach, “qaymoqranglilar” g'oliblik uchun barchadan ko'proq harakat qilishga tushib ketishadi. Jamoa rahbarlari tomonidan berilgan katta summadagi mukofot pullari, yaratib berilgan sharoitlar ham bu maqsadni amalga oshirishda ko'makchi bo'ladi. Klub safidagi o'sha davr yulduzlari: Di Stefano, Xento, Gektora Riala, Raymona Kopa, Pushkasha, Xose Mariya Zarraga, Rafael Lesmesa va Xose Santamariya singari futbolchilarning ham bu g'alabalarga qo'shgan hissasi juda katta.
Birin-ketin qo'lga kiritilgan sovrinlardan so'ng, jamoada qayta qurish boshlanadi. Yuqorida nomi zikr qilingan yulduzlardan faqat Xentogina jamoa 1966-yilda 6-bor Evropa taxtiga ko'tarilganda jamoa bilan edi. Qolgan yulduzlar turli klublar safiga yo'l olgan bo'lsada, Xento oxirigacha jamoa bilan qoladi.
The Quintdel Buitre
1980-yilda “Real” akademiyasidan asosiy jamoaga ko'tarilgan futbolchilar avlodi erishgan yutuqlarni eslab o'tishimiz shart. “Kastilya” safidan asosiy jamoaga olib o'tilgan Michel, Martin Vaskes, Manolo Sanchis va Migel Pardeza“Real”ning 80-yillarda ham o'z imijini saqlab qolishi uchun katta hissa qo'shgan.
Bu yigitlar UEFA kubogi va 5 ta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritish orqali, “qaymoqranglilar”ni yana katta futbolda gegemonlik qilishini ta'minlab bergan.
Jamoaning g'alabalarida katta rol o'ynagan futbolchilar beshligiga o'sha davrlarda jurnalist Xulio Sezar TheQuintadelBuitre(Ovchilar beshligi) nomini bergandi. Aynan Sezarning maqolasidan so'ng, butun dunyo bu yigitlarni “Ovchilar beshligi”deb yodga olishni boshladi.
7,8 va 9-EChL sovrinlari
Butragenoning davri yakunlanishi bilan, katta sahnaga Raulchiqib keladi. Aynan Raulundan avvalgi avlod amalga oshira olmagan ishni — EChLda (1998-yilda) zafar quchishni uddalaydi. Aynan 32 yillik tanaffusdan so'ng, Evropa taxtiga ko'tarilgan klub 2000 (Parij) va 2002 (Glazgo) yillarda ham Evropada tengsiz klub sifatida tan olinadi.
Galaktikos
2003-yilda FlorentinoPeres “Real Madrid”ni galaktikosga aylantirish ishlarini boshlab yuboradi. Devid Bekxem, Zidan, Ouen, Ronaldo Nazario va hatto “Barsa” sardori Luish Figuham katta pul evaziga Madridga ko'chib o'tadi.
Peres sport marketingijadallik bilan o'sib borayotganda “galaktikos”ni shakllantirish orqali klub logotipini dunyo darajasidagi brendga aylantirishga muvaffaq bo'ladi. Bu nafaqat katta daromad, balki maydonda ham katta g'alabalarga turtki bo'lgan desak, adashmagan bo'lamiz.
Afsuski, “Galaktikos” qanchalar qudratli bo'lmasin, EChLda zafar quchish rejasini amalga oshira olmadi. Ayniqsa, 21 asr avvalidagi g'alabalardan so'ng, klub uzoq muddat Evropa grandlariga pley-off bahslarida alamli tarzda mag'lub bo'lishni odat qilib oldi.
Krishtianu Ronaldu transferi
Peres 2009-yilda qayta saylangach, darrov Ronalduni “Real”ga olib kelish orqali o'z imijini ko'tarib oldi. O'sha davrlarda kosmik narx (96 million evro) evaziga sotib olingan portugaliyalik futbolchi 10 yil davomida klub uchun juda katta naf keltirishini Peres sezgan ko'rinadi.
Ronalduning EChLda “Manchester Yunayted” bilan zafar quchgani, Peresda u jamoaning yangi etakchisi bo'lishi mumkinligiga ishontirgan shekilli, prezident Ronaldu uchun pulni ayab o'tirmadi.
Yakunda bu jamoa tarixidagi eng yaxshi transfer sifatida tarixga kirdi. Krish “Real” safida 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 451 bor gol kiritishni uddaladi va klub tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylanib oldi.
U klub tarixidagi barcha rekordlarni yangilagach, 100 million evro evaziga “Yuventus”ga o'tib ketdi.
“Desima”
12 yil davom etgan “qurg'oqchilik”dan so'ng, 2014-yilda Karlo Anchelotti jamoani EChLda zafar quchishini ta'minlab berdi.
Ayniqsa, final uchrashuvida azaliy raqib “Atletiko”ning mavh etilishi chempionlikning qadrini oshirib yubordi. Ispanlar “Real”ning EChLda zafar quchish uchun millionlarni ishlatgani uchun “La Desima” deb nomlagan paytda, Ramos qo'shib berilgan daqiqalarda gol kiritib o'yinni qo'shimcha bo'limlarga o'tkazdi. Keyin, ruhan sinib qolgan “Matraschilar” darvozasi yana 3 bor ishg'ol qilingani yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas.
Aynan o'sha chempionlikdan so'ng, “Real” “qon hidini” sezib qoldi shekilli, Evrokuboglarda g'alabalar sonini oshirishga tushib ketdi.
Ketma-ket g'alabalar
“Atletiko” ustidan qozonilgan g'alabadan 2 yil o'tib, jamoa yana bir bor hamshaharlari bilan Milanda to'qnash kelishdi. Penaltilar seriyasigacha davom etgan uchrashuvda Krish hal qiluvchi zarbada adashmadi va Zidan o'zining birinchi EChL sovrinini boshi uzra ko'tardi.
2017-yilda “Real” Kardiffda ortiqcha qiyinchiliksiz “Yuventus”ni 4:1 hisobida dog'da qoldirgancha EChL sovrinini ketma-ket ikki martaqo'lga kiritgan yagona jamoaga aylanib oldi.
Barcha hayratlanib turgan paytda, Zidan Kievdagi finalda Kloppning “to'polonchi” bolalarini mag'lub etgancha ketma-ket 3-bor Evropa taxtiga ko'tarildi. O'sha yili “Real” o'zining buyuk jamoa ekanligini yana bir bor barchaga isbotlab qo'ydi desak, adashmagan bo'lamiz.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev