«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane yozda «Real» safiga o'tishi mumkin.
"Daily Mirror" tarqatgan xabarga ko'ra, «qaymoqranglilar» mersisaydliklar bilan hujumchining ehtimoliy transferi borasida aloqaga chiqishdi. Bu esa "Liverpul" rahbariyatini o'yga soldirib qo'ydi.
Senegallik futbolchi bilan bog'liq mish-mishlar amaliy ishga ko'chishini "qizillar" kutishmagan edi. Shuning uchun klub Mane bilan gaplashib, uni jamoada qoldirishga ko'ndirishga qaror qildi. Ma'lumotlarga qaraganda, Sadio esa o'zining kelajagi borasida hali bir qarorga kelmadi.