Ammo, futbolchining agenti Mino Rayolaning haddan tashqari oshirilgan transfer talablari "qaymoqranglilar" rahbariyatini ushbu transferdan voz kechishga majbur qildi.
Rayola transferga qo'shimcha tarzda o'zi va Xolandning otasi uchun jiddiy miqdordagi kompensaciya pulini talab qildi. Bunda transferning o'zi "Real" uchun 75 million evroga tushardi.
Eslatib o'tamiz, Xoland shu yilning yanvar oyida "Borussiya"ga "Zalcburg"dan 20 million evro evaziga o'tgan edi.