“Manchester Siti” “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruis bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, “shaharliklar” ispaniyalik havbek uchun 80 million evro to'lashga tayyor. Futbolchi xizmatiga “Siti” bosh murabbiyi Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchini “Real Madrid” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Avvalroq, “Napoli” prezidenti De Laurentias futbolchi borasida chegirma qilmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.