«Rasing» klubi darvozaboni Lyuka Zidan Jazoir terma jamoasidan tushgan taklifni qabul qildi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Jazoir termasi bosh murabbiyi Jamol Belmadiy mahalliy futbol federatsiyasi qo'llab-quvvatlashi ostida posbonning fuqaroligini o'zgartirish borasida ish boshladi. Lyuka Zidan o'z vaqtida U16 va U20 termalarida o'ynagan.
21 yoshli Lyuka «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning o'g'li hisoblanadi. "Qirollik klubi" mavsumni ijara asosida «Rasing»da o'tkazayotgan Lyuka Zidan bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Zidan Segundaning ushbu mavsumida 29ta o'yinda maydonga tushib, jami 37ta to'p o'tkazib yubordi.