«Real» himoyachisi Serxio Ramos klubning ertalabki va kechki mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.
Los-Anjelesda o'tkazilayotgan yig'in davomida 31 yoshli futbolchi qulog'ida qattiq og'riq sezgan. Natijada, u otolaringolog shifokor qabuliga jo'natilgan. Uning qachon safga qaytishi ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, «Real» navbatdagi o'yinni 24 iyul kuni Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi.