“Real” yarim himoyachisi Martin Edegor kelasi mavsum boshida “qaymoqranglilar” safiga qaytishi mumkin. Ushbu mavsumni futbolchi “Real Sosedad”da ijarada o'tkazmoqda.
Marca nashrining xabariga ko'ra, Edegorning madridliklar safiga qaytishi Luka Modrichga bog'liq. Agar, xorvatiyalik futbolchi yozda jamoani tark etsa, Martin uning o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, Modrich “A” Seriya klubi bilan kelishib olganligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.