"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini top klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Real”, “Barselona” va “Manchester Siti” klublari futbolchi uchun asosiy da'vogarlar bo'lib turibdi. Uning transfer narxi taxminan 80 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Napoli” futbolchini “Real”ga sotishni xohlayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.