Braziliyalik sobiq futbolchi Kakaning agentini aytgan gaplariga qaraganda, Kaka Madridning "Real" klubiga o'tganidan afsusda bo'lgan ekan.
Kaka 2009 yili «Milan» klubidan Madridning «Real» klubiga yo'l olgan edi. "Milan" klubi rahbariyati o'zining yulduz futbolchisini sotish niyatida bo'lmagan, biroq, moliyaviy inqirozdan chiqib ketish uchun uni sotib yuborishga majbur bo'lishgandi.
Aytilishicha, Kaka ushbu transferga qarshilik qilgan, lekin klubga bo'lgan muhabbati sababligina, uni inqirozdan olib chiqish uchun "Real"ga o'tishga majbur bo'lgan.
«Milan»da u baxtiyor edi. U hech qachon jamoadan ketishni xohlamagan. Hammasiga pul sababchi bo'ldi. Hatto, Kaka maoshining kamaytirilishiga ham rozi edi, ammo, bu variant «Milan»ni moliyaviy inqirozdan chiqib ketishiga kamlik qilardi, shu sababli, u «Rossonerlar»ga yordam berish uchungina "Real"ga yo'l olgandi.
Kaka «Real»da hamma yaxshi bo'ladi deb o'ylagandi, chunki, "Real" top klub edi. Biroq, unga «Real» mos kelmagan», — dedi agent.