“Inter” rahbariyati yarim himoyachi Martselo Brozovich bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqda Calciomercato nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “neradzurrilar” futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Yangi shartnomaga ko'ra Martseloning maoshi 4,5 million evroga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga “Liverpul”, “Barselona” va “Real Madrid” klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum Brozovich 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.