"Real" va "Liverpul" klublari sobiq darvozaboni Eji Dudek o'zining avtobiografik asarida "Barselona"ga qarshi o'yinlardan keyin Lionel Messi haqida qanday taassurotlar qolgani haqida yozdi. Shuningdek, polshalik posbon Krishtianu Ronaldu haqida ham to'xtalib o'tgan. Eslatib o'tamiz, Dudek 2007-2011 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan.
"Messi Pep Gvardiola boshchiligidagi "Barselona"ning barcha o'yinchilari kabi aldar va provokatsiya qilar edi. Ular buni mukammal darajada o'zlashtirishgan edi. Bu esa Joze Mourino va butun jamoamizning dilini xira qilgan edi. Messi tomonidan Pepe va Ramos sha'niga aytilgan qanday keskin so'zlarni eshitganimni tasavvur ham qila olmaysiz. Go'yoki kamgap va yaxshidek ko'ringan insondan bunday narsalarni kutmaysan.
Ronaldu? Krishtianu kalandimog', ammo sahna ortida normal yigit. Gap shundaki, odamlar uni qanday qabul qilishiga bog'liq. Raul kabi u ham o'taketgan xudbin, ular raqobatlashishni yaxshi ko'rishadi, g'alabalarga chanqoq. Ular haqida shunday deyish mumkin: boshqa o'yinchilarning gollari evaziga klub 5:0 hisobida g'alaba qozongandan ko'ra, jamoa ularning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba g'olib chiqishini istashadi".