Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” xorvatiyalik futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas. Modrichdan tashqari Madridni Marselo ham tark etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Modrichning “Real” bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchi xizmatiga “A” Seriya va MLS klublaridan takliflar bor.