Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos 1996 yilda «Inter»dan «Real»ga o'tganini yodga oldi.
«Eto’O, Xoakin... Biroq hammasidan qiyini Figuga qarshi o'ynash edi. U himoyachilarning joniga tegadigan futbolchi edi. Ajoyib o'yinchi».
«Real»ga o'tishi haqida
«Men qanotda o'ynardim. Muammo shundaki, dastlabki etti o'yinda ettita gol urdim. 1995 yilda meni oldinga chiziqda sinab ko'rish qaroriga kelishdi, buning evaziga juda qiynaldim.
«Inter» prezidenti Moratti bilan suhbatlashdim. Uch oydan so'ng Amerika Kubogi musobaqasi borligi va shu sabab oldingi chiziqda o'ynay olmasligimni unga tushuntirdim.
O'sha kuni «Real» prezidenti Lorenso Sans bilan ham uchrashdim. Oradan o'n daqiqa o'tib «Real» futbolchisiga aylandim. U vaqtda barchasi tez ro'y berardi», — deydi Karlos.
1996 yilning yozida Karlos 4,8 million dollar evaziga «Inter»dan madridliklar safiga yo'l oladi. Braziliyalik qanot himoyachisi «Real» safida umumiy 584 ta o'yin o'tkazib, 75 ta gol uradi.