"Inter"da men qanot vakili edim. Muammo shundaki, dastlabki 7 o'yinda 7ta gol urdim. Ular meni hujumga qo'ya boshladilar va bu menga yoqmadi. Klub prezidenti Massimo Moratti bilan gaplashdim va hujumda o'ynay olmasligimni tushuntirdim, chunki oldinda bizni Amerika kubogi kutib turgandi.
O'sha kuni, 10 daqiqadan so'ng, men "Real" prezidenti Lorenso Sans bilan uchrashdim. Biz "neradzurrilar" rahbariyati bilan xayrlashdik va Madridga uchib ketdik. Hammasi juda tez hal bo'lgandi", — deydi sobiq himoyachi.