“Agar “Real” bilan CHempionlar Ligasidagi eng sevimli g'alabamni tanlash kerak bo'lsa, bu desima (o'ninchi titul) bo'lar edi. O'shanda ilk marta mazkur kubokni ko'targandim, finalning so'nggi daqiqalarida g'alaba qozonish esa – bu o'zgacha tuyg'u.
Bular men uchun ajoyib xotiralardir
Yana bir qadrli kun – tug'ilgan shahrim Kardiffda “Yuventus”ga qarshi CHempionlar Ligasi finalidagi g'alaba. Hamma ham CHempionlar Ligasini o'z uyimda yutganman, deb ayta olmaydi”, deydi Beyl.
Eslatib o'tamiz, 2013/14 yilgi mavsum ECHL finalida “Real” hamshahari “Atletiko”ga qarshi to'qnash kelgan va madridliklar ekstra taymlarda (4:1) g'alabaga erishib, 10 titulni qo'lga kiritgan edi. Garet jamoasining 2-goliga mualliflik qilgan.
2016/17 yilgi mavsumning hal qiluvchi bahsida esa "Qirollik klubi" asosiy vaqtda "Yuventus"ni yirik hisobda (4:1) taslim etgandi.