Madridning “Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya OAV xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Inter Mayami" rahbari “qaymoqranglilar” yarim himoyachisi Devid Bekhem "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresga Xamesni sotib olish istagi borligini ma'lum qilgan.
Bekhemning fikricha, Xames singari futbolchi bilan shartnoma imzolash, uning karerasida tijorat nuqtai nazaridan yuqorilashi uchun klubga katta yordam beradi.