«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe ushbu yozgi transfer paytida «Real»ga o'tishi mumkin edi. Ammo koronavirus bilan bog'liq muammo tufayli mazkur reja amalga oshmaydigan bo'ldi. Bu haqda agent Mark Ivan Le Mee futbolchining atrofiga yaqin manbalarga asoslanib xabar tarqatdi.
«Mbappe «Real»da Zidan qo'lostida o'ynashni va jahonning eng yaxshi hujumchisiga aylanishni istaydi. Jahonda inqiroz ro'y bermaganida uning mazkur yozda Madridga ko'chib o'tishi haqida gapirish mumkin edi. Ammo hozirda "Qirollik klubi" 300 mln evro to'lay olmaydi», — dedi Le Mee "L`Equipe" nashriga bergan intervyusida.
Mbappe 2017 yilning yozida 180 million evro evaziga «Monako»dan «PSJ»ga o'tgan edi. 21 yoshli futbolchi parijliklar safida jarima 120ta o'yinda maydonga tushib, 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 90ta gol urdi va 49ta uzatmani amalga oshirdi.