22 aprel. Bugun braziliyalik superiqtidor Kaka 38 bahorni qarshi oladi. Noyob qobiliyat egasi umuman braziliyaliklarga xos bo'lmagan o'yini bilan "Milan" safida muxlislarining kumiriga aylanib qolgandi. Ba'zan shunday daholar ham adashadilar.
"Real" safiga kelgunicha Kaka istalgan uchrashuvda o'yinni saqlab qoluvchi xaloskor sifatida ko'rinardi. Biroq, u bir narsani to'g'ri anglab etishi kerak ediki, "Milan"dan ketish yulduzlar uchun ko'p-da xayrli emas.
Ko'z o'ngingda Shevchenko Angliyaga ketib nima bo'ldi? Yo'q, xulosa chiqarib bo'lmadi.
Kaka Shevaga o'xshab "Milan"ga qaytdi ham va xuddi shu taqdirni boshdan kechirgan holida ketdi. Qiziq. Uning joyi olib bo'lingandi. O'zi ham o'sha darajasida emasdi.
Kaka va Ronaldu "Real"ga bir paytda kelishdi va turlicha yo'llarni ixtiyor etishdi. Braziliyalikning taqdirini bilasiz, Ronalduning ham. Unisi hech kimga aylandi, bunisi afsonaga. Oxiri ish shungacha borib etdiki, o'n yil o'tib Kaka "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan "oxirgi erlik" ekanini anglab oldi. Tushuntirib qo'yishdi unga. Vaholanki, potentsial o'ta yuqori edi. Kaka siymosi orqali Messi va Ronalduning yulduzlik qiymatini belgilab olishimiz osonlashadi. Ha, rostanam Kaka oxirgisi edi.
Xayrulla Hamidov.