"Real" klubi o'zining uy uchrashuvlarini mashg'ulot bazasidagi maydonda o'tkazish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
2019/20 yilgi mavsum qayta boshlangan taqdirda ham "qaymoqranglilar" o'z uyinlarini bo'sh stadionda o'tkazishlariga to'g'ri keladi. Klub rahbariyati, fursatdan foydalanib, "Santyago Bernabeu"ning rekonstruktsiya jarayonini tezlashtirish maqsadida jamoaning uy uchrashuvlarini "Kastilya"ga qarashli arenada o'tkazmoqchi.
Hozirda bosh arenada quruvchilar ish boshlab yuborishdi. La liga "Real"ga kichik maydonda o'yin o'tkazish uchun ruxsat bersa, "Santyago Bernabeu"da qurilish ishlari sentyabr oyi o'rtalarigacha to'xtovsiz davom ettiriladi va "Madrid" yangi mavsumni asosiy stadionda boshlaydi.
Alfredo Di Stefano nomidagi "Kastilya"ga qarshi stadion 6 ming muxlisni o'z bag'riga olishi mumkin.