Sport1 nashrining yozishicha, “Bavariya” yozgi transfer vaqtida o'ng qanot himoyachisi xarid qilmoqchi. Myunxenliklar “Shaxtyor” futbolchisi Dodoga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, “Bavariya” “Real”dan Alvaro Odriosolani ijaraga olgan edi, biroq ispaniyalik myunxenliklar o'yiniga qovushib keta olmadi. Shuningdek, “Bavariya” “Borussiya” safida ijarada o'ynayotgan “Real”ning yana bir himoyachisi Ashraf Xakimi variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dodo 2018 yildan buyon “Shaxtyor” safida o'ynab kelmoqda. Birinchi mavsumni u “Vitoriya”da ijarada o'tkazgan edi.