Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo'lgan, ayni damda “Borussiya Dortmund” safida harakat qilayotgan Ashraf Hakimining xizmatlariga PSJ ham qiziqib qoldi. Parijliklar 21 yoshli himoyachiga Toma Menening o'rinbosari sifatida qaramoqda. Boisi Menening klub bilan shartnomasi yakuniga etadi va u yozda klubni tark etadi.
Qayd etish joiz, Ashrafga, shuningdek, “Arsenal” ham davogar bo'lib turibdi.
Hakimi joriy mavsum Bundesliga doirasida 25 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.