«Real» yozgi transfer paytida bir qator futbolchilarni sotib, 120 million evro pul ishlab olmoqchi.
Madridliklar chiqish eshiklarini ko'rsatadigan o'yinchilar orasida Garet Beyl, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Mariano Dias, Alvaro Odriosola va Nacho bor. Klub ushbu o'yinchilarni sotishdan oladigan daromaddan tashqari maoshlar bilan bog'liq xarajatlarning yo'qolishi hisobiga 75 million evro pulni tejaydi.