Bugun, 19 aprel kuni argentinalik sobiq futbolchi Fernando Redondoning mashhur fintiga 20 yil bo'ldi.
2000 yil 19 aprelda "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalining ikkinchi uchrashuvida "Real" safida o'ynagan Redondo mankunianliklar himoyachisi Xenning Bergni qanotda noodatiy fint bilan ortda qoldiradi, shundan so'ng u jarima maydonchasiga kirib boradi. So'ng oldingi chiziqdan bo'sh qolgan Raulga to'pni uzatadi. Raul esa ochiq darvozaga gol kiritdi. O'sha o'yinda "Real" 3:2 hisobida g'alaba qozondi va ikkita o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga chiqdi.
"20 yil oldin ... Haqiqiy afsungarlik", — deb yozdi "Real" videoga bergan izohida.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
✨ Hace 20 años... ¡Pura MAGIA! Twenty years ago today... Pure MAGIC! - ???????? Redondo ⚽️ @RaulGonzalez ???? Manchester United ???? @ChampionsLeague #RMFansEnCasa | #StayHome | #YoMeQuedoEnCasa