Dortmundning “Borussiya” klubi tarkibda vingeri Jeydon Sanchoni saqlab qolmoqchi. Nemislar Sanchoga yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
The Sun nashrining xabariga ko'ra, “Borussiya” Jeydonga yiliga 10 million evro to'lashga tayyor. Hozirda futbolchining maoshi 6 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Sancho xizmatiga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Real” klublari qiziqish bildirmoqda.