Italiyaning "Milan" klubi" "Real" hujumchisi Alvaro Morataga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiya grandi ispaniyalik hujumchiga yiliga 10 mln yevrolik maosh taklif etmoqda, bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berib o'tadi.
Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra Morata "rossanerri"lar tarkibiga o'tishga juda yaqin. Futbolchining o'zi ham jamoadagi vaziyatidan norozi, qolaversa 24 yoshli hujumchi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qatnashishni istaydi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Alvaroni klubda olib qolmoqchi va unga yetarlicha amaliyot berishini aytib o'tdi. Biroq futbolchining fikri xayoli jamoadan ketishda bo'lmoqda.