«Chelsi» klubi darvozabon qidirishga tushdi. Yangi darvozabon Kepa Arrisabalaga bilan asosiy tarkib uchun raqobatlashishi ko'zda tutilgan.
Londonliklar bunday posbonni Madriddan topishdi. Huquqiy jihatdan "PSJ"ga tegishli bo'lgan, mavsumni "Real" safida o'tkazayotgan Alfons Areolaga "ko'klar" da'vogarlik qilishmoqda.
"Chelsi" frantsiyalik futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olmoqchi. 27 yoshli darvozabon londonliklar uchun 30 million evroga tushishi mumkin. Klub avvalo Areolaning o'zi bilan muzokama o'tkazib, u bilan kelishuvga erishmoqchi. Keyin esa "PSJ"ga taklif bilan chiqadi.